Daruma qoʻgʻirchogʻi
Daruma qoʻgʻirchogʻi (yaponcha: 達磨 daruma ) — buddizmning Zen anʼanasi asoschisi Bodxidxarma sharafiga ishlangan, ichi boʻsh, yumaloq yapon anʼanaviy qoʻgʻirchoqlarining bir turi. Bu qoʻgʻirchoqlar, odatda qizil koʻrinishda va soqolli odam (Bodhidxarma) tasviri tushirilangan boʻladi, shuningdek, mintaqa va rassomga qarab rang va dizaynda bir-biridan farqlanishi mumkin. Baʼzilar tomonidan oʻyinchoq hisoblansa-da, Daruma ramziy maʼnoga va boy dizaynga ega, qoʻgʻirchoq koʻproq yaponiyaliklar uchun omad timsoli sifatida qaraladi. Daruma qoʻgʻirchoqlari qatʼiyatlilik ramzi sifatida koʻriladi va omad tilash maʼnosida sovgʻa qilinadi. Qoʻgʻirchoq koʻplab buddist ibodatxonalari tomonidan turli maqsadlar jumladan tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan.
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sotib olinganda, figuraning koʻzlari oq rangda boʻyalmagan holatda boʻladi. Keyin foydalanuvchi oʻzi erishmoqchi boʻlgan tilakni tilaydi figuraning chap koʻzini xitoy yoki yapon siyohini boʻyaydi. Istalgan maqsadga erishilgach, oʻng koʻz ham chiziladi[1]. Bu anʼana odatda yangi yil oldi oʻtkaziladi.
Bodhidharma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bodhidxarma — milodiy V-VI asrlarida yashagan buddist rohib. U anʼanaviy ravishda Ch’an (Zen) ning Xitoydagi davomchisi sifatida qabul qilinadi. Bodhidharma haqida juda oz zamonaviy biografik maʼlumotlar saqlanib qolgan va koʻplab maʼlumotlar afsonalarga asoslanadi. Bir anʼanaga koʻra, Bodhidharma meditatsiya bilan shugʻullanishligi bilan ham shuhrat qozongan. Afsonaga koʻra, u toʻqqiz yil davomida qimirlamay meditatsiya paytida devorga qarab oʻtirgan, uning oyoqlari va qoʻllari atrofiyaga duchor boʻlgan[2]. Yana bir mashhur afsonaga koʻra, toʻqqiz yillik meditatsiya paytida uxlab qolgach, u oʻzidan gʻazablanib, yana uxlab qolmaslik uchun qovoqlarini kesib tashlagan. Uning qovoqlaridan esa choy daraxti paydo boʻlgan.
Xitoyning asosiy manbalariga koʻra, Bodhidharma Gʻarbiy mintaqalardan kelib chiqqan boʻlib, u asli Oʻrta Osiyolik, ammo Hindiston yarimorolini ham oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan „fors oʻrta osiyolik“ yoki „janubiy hindistonlik … buyuk zot Hindiston qirolining uchinchi oʻgʻli“ boʻlgan degan taxminlar ham mavjud[3][4]. Butun buddizm sanʼatida Bodhidharma xitoylik boʻlmagan, gʻazablangan, soqolli, keng koʻzli odam sifatida tasvirlangan. Bodhidharma Chan matnlarida „Moviy koʻzli vahshiy“ (xitoycha: 碧眼胡) deb tilga olinadi.
Bolalar oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina bolalar oʻyinlarida Daruma haqida eslatib oʻtiladi, jumladan (yaponcha: 雪だるま) qor odamlari Yukidaruma deb ataladi, tom maʼnoda bu qor daruma degan maʼnoni bildiradi. Ehtimol, shakli Daruma bilan bogʻliq boʻlgani sababli shunday atalishi ham mumkin, qorbolalar odatda uchta oʻrniga ikkita yumaloq qortoʻpidan yasaladi[5]. Darumasan ga Koronda Amerikaninf Qizil chiroq/Yashil chiroq oʻyiniga juda oʻxshash. Daruma Otoshi (yaponcha: だるま落とし ) - anʼanaviy oʻyin daruma qoʻgʻirchogʻi bilan besh qismga boʻlingan, odatda kamalak ranglarida, yuqoridan pastgacha: bosh — erkak yuzi, koʻk, yashil, sariq, qizil qismlardan iborat oʻyinchoq aksesuariga ega. Oʻyin rangli boʻlaklarning har biriga kichik bolgʻacha yordamida pastdan yuqoriga qarab urilib, oʻyin davomida uning qismlarini toʻliq buzib yubormaslik qoidasi asosida oʻynaladi.
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokemon oʻyinida Darumaka va Darmanitan obrazlari Daruma qoʻgʻirchogʻi asosida yaratilgan.
As the Gods Will filmi va uning davomiy qismlari mangasida Daruma qo‘g‘irchog‘i o‘rta maktab sinfini Daruma-sanga koronda o‘yinini o‘ynashga majbur qiladi, unda talabalar g‘alaba qozonish uchun qoʻgʻirchoqning orqa tomonidagi qizil tugmani bosishlari kerak boʻladi. Qoʻgʻirchoqning qoʻliga tushgan talabalar muqarar oʻlimga uchraydilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „WE LOVE DARUMA – About Daruma Dolls“. www.welovedaruma.com. 2018-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
- ↑ Chapin, Helen B. „Three Early Portraits of Bodhidharma“. p. 93
- ↑ Emmanuel Francis (2011), The Genealogy of the Pallavas: From Brahmins to Kings (Wayback Machine saytida 2018-06-03 sanasida arxivlangan), Religions of South Asia, Vol. 5, No. 1/5.2 (2011)
- ↑ Jorgensen 2000.
- ↑ „Netsuke in the form of a boy rolling a yuki daruma, or snowman“. collections.ashmolean.org. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.