Kontent qismiga oʻtish

Saarinen Ero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eero Saarinen

SAARINEN (Saarinen) Ero (1910.20.8, Rantasalmi, Finlandiya — 1961.1.7, AQSH) — amerikalik meʼmor, Eliyel Saarinenning oʻgʻli. 1923-yildan AQShda yashagan. NyuXeyven (Konnektikut shtati)dagi Yelsk universitetining meʼmorlik fakultetini tugatgan (1934). Otasining oʻlimidan soʻng Uorren (Michigan shtati)dagi "Jeneral motors" kompaniyasi texnik markazining loyihasini tugatgan (1948— 56, hamkorlikda). Asosiy loyihalari: Kembrijdagi Garvard universiteti kapellasi (1955), NyuYorkdagi Kennedi aeroportining TWA kompaniyasiga qarashli aerovokzali (1958) va boshqa Saarinenning meʼmorlik boʻyicha qilgan izlanishlaridagi ramziy obrazlilik XX asrning 60—70yillaridagi AQSH meʼmorligi rivojiga taʼsir etdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  翻译: