Victor Hugo
Victor-Marie Hugo | |
---|---|
Tavalludi |
26-fevral 1802-yil |
Vafoti |
22-may 1885-yil (83 yoshda) Parij |
Kasbi | yozuvchi (shoir, prozachi va dramaturg) |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[1] |
Fuqaroligi | Fransiya[2] |
Yoʻnalish | Romantizm |
Victor-Marie Hugo (fransuzcha: Victor Marie Hugo; 26-fevral 1802, Bezanson — 22-may 1885, Parij) — fransuz yozuvchisi (shoir, prozachi va dramaturg), fransuz romantitsizmining boshligʻi va nazariyachisi. Fransuz akademiyasining aʼzosi (1841).
GYUGO (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — "Qasidalar" (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan "Kromvel" (1827), "Sharq motivlari" (1829), "Marion Delorm" (1829), "Ernani" (1830), "Ryui Blaz" (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. "Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi" (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848-yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18 yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. "Pakana Napoleon" (1852), "Xoʻrlanganlar" (1862), "Dengiz zahmatkashlari" (1866), "Kulib turuvchi kishi" (1869), "Bir jinoyat tarixi" (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. "Dahshatli yil" (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi "93-yil" romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. "Dengiz zahmatkashlari" (1938, 1965), "Xoʻrlanganlar"ning "Kozeta" va "Gavrosh" boʻlimlari (1952, 1955), "Byug Jargal" (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, "Kulib turuvchi kishi" Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).
Tanlangan bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Manba[3]
Romanlar:
- "Rad etilganlar" (1862)
2)
- "Dengiz ishchilari" (1866)
- "Kulayotgan odam" (1869)
- "Toʻqson uchinchi yil" (1874)
Sheʼriy toʻplamlar:
- "Qasidalar va turli sheʼrlar" (1822)
- "Qasidalar va balladalar (1826)
- "Sharq taronalari" (1829)
- "Kuzgi barglar" (1831)
- "Ichki ovozlar" (1837)
- "Nur va soya" (1840)
- "Qasd" (1853)
- "Qahrli yil" (1872)
- "Buva boʻlish sanʼati" (1877)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 26-fevralda tugʻilganlar
- 1802-yilda tugʻilganlar
- 22-mayda vafot etganlar
- 1885-yilda vafot etganlar
- Tarixiy romanl mualliflari
- Fransiya yozuvchilari
- Fransuz yozuvchilar
- Fransiya shoirlari
- Fransuz akademiyasi aʼzolari
- Fransuz shoirlari
- Fransiya dramaturglari
- Romantizm yozuvchilari
- Shoirlar
- Adiblar haqidagi chala maqolalar