Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Maqolalarni bezash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediya maqolalari tashqi koʻrinishi stilistik jihatdan bir xil boʻlishini taʼminlash, shuningdek, ularni mutolaa qilish hamda tahrirlash qulay boʻlishi uchun maqolalarni iloji boricha quyidagi tartibda bezash zarur.

Maqola tuzilishi

[manbasini tahrirlash]

Har qanday Vikipediya maqolasi matnini maʼlum tartibdagi bir necha mustaqil boʻlimga boʻlish mumkin. Ayni damda, har bir maqolada quyida keltirilgan har bir boʻlim boʻlishi shart emas.

1. Standart izohlar I
Maqola tepasida, birinchi qatorlarda lozim boʻlganda standart izohlar boʻlishi mumkin. Ularga koʻp koʻz maʼnoli soʻzlar roʻyxatiga ishoratlar, maqolani oʻchirish, qayta nomlash, birlashtirish, bir necha maqolaga boʻlish, yaxshilash toʻgʻrisida takliflar, shuningdek, betaraf nuqtai nazar qoidasi buzilgani, ayni damda maqola ustida biror foydalanuvchi ishlayotgani ({{Tahrirlanmoqda}} andozasi) va boshqa shunga oʻxshash xabarlar misol boʻla oladi. Ularning ortidan, maqolaning tepa oʻng qismida maqola obyekti haqida bilgiquti, yaʼni maʼlumot kartochkasi keltirilishi mumkin.
2. Maqolaning asosiy qismi
Ushbu qoʻllanmada asosan maqolaning asosiy qismini bezash toʻgʻrisida maʼlumot jamlangan. (Quyidagilarga qarang)
3. „Yana qarang“ (qoʻshimcha ichki havolalar roʻyxati)
Ushbu boʻlimda maqolaga aloqador boshqa Vikipediya maqolalariga havolalar keltirilishi mumkin. Mazkur boʻlim boʻlishi shart emas; umuman olganda, muayyan fakt va iddaolarga aloqador boshqa Vikipediya maqolalariga havolalarni matnda keltirib oʻtish tavsiya qilinadi. Shuningdek, maqolaga umuman mavzu jihatdan aloqador boʻlgan maqolalarga havolalarni navigatsiya andozalari yordamida keltirish mumkin.
4. „Manbalar“
Maqolaning asosiy matnida snoskalar (havolalar) boʻlsa, ular „Manbalar“ boʻlimida roʻyxat shaklida keltirilishi kerak.
Snoskalar sharhlarni ham, matnning u yoki bu qismi uchun asos boʻlgan tashqi manbalarga havolalarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Snosklalar maqoladagi matn bilan manbalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatish imkonini beradi.
Qaydlarni boʻlim ichida guruhlash (masalan, manbaga havolalarni hamda tahririy eslatmalarni ajratib koʻrsatish) maqolaning faol muharrirlari va uni muhokama qilishda ishtirok etuvchi foydalanuvchilarga bogʻliq boʻlib, mahalliy konsensus bilan hal qilinadi.
5. „Adabiyotlar“ (foydalanilgan va tavsiya qilinadigan adabiyotlarga havolalar)
Koʻp sonli manbalar mavjud boʻlgan holatlarda muhim bosma nashrlar va publikatsiyalarni „Adabiyotlar“ boʻlimida alohida roʻyxatda berish tavsiya etiladi; „Manbalar“ boʻlimida „Adabiyotlar“ boʻlimida keltirilgan manbalarga havolalar qisqartirilgan shaklda berilishi mumkin. Ayni boʻlimda maqola mavzusi boʻyicha tavsiya etiladigan qoʻshimcha adabiyotlar koʻrsatiladi.
6. „Havolalar“ (qoʻshimcha tashqi havolalar roʻyxati)
Lozim boʻlsa, maqola yakunida „Havolalar“ boʻlimi yaratilib, u yerda boshqa elektron manbalarga havolalarni keltirish mumkin.
Izoh. Maqolani yuqorida keltirilgan tartibda („Yana qarang“ — „Manbalar“ — „Adabiyotlar“ — „Havolalar“) boʻlimlarga boʻlish tavsiya qilinadi, ammo majburiy emas; foydalanuvchilarning ixtiyoriga koʻra (yoki mahalliy konsensus asosida), maqolaning oʻziga xosligi va (yoki) boshqa sabablarga koʻra mualliflar va kitobxonlar uchun qulayroq boʻlsa, maqola boʻlimlari boshqacha tartibda va tarkibda bezalishi mumkin.
7. Standart izohlar II
Maqolaning maʼlumot keltirilgan majburiy boʻlimi hamda manba va havolalardan keyin majburiy boʻlmagan standart izohlar keltiriladi. Bularga quyidagilar misol boʻladi:
  • {{Chala}} va unga oʻxshash maqola tugallanmaganligi haqidagi andozalar;
  • {{rq}} va yoki unga oʻxshash maqola qayta ishlanishi kerakligi haqidagi andozalar;
  • gorizontal navigatsiya andozalari.
8. Turkumlar
Maqola kiritiladigan turkumlar matn yakunida keltirilishi kerak. Turkumlar tartibi barcha maqolalarda bir xil boʻlishi lozim.

Bayon qilish tartibi

[manbasini tahrirlash]

Maqolalarda mavzu quyidagi tartibda bayon qilinishi kerak:

  • umumiydan xususiyga
  • oddiydan murakkabga
  • ahamiyat, shon-shuhrat, ishonchlilik, hajm, joylashuv boʻyicha
  • xronologik tartibda — tarixiy maʼlumotlar uchun
  • tematik tartibda — iyerarxik roʻyxatlarda qoʻl keladi
  • alifbo tartibida boshqalari mos kelmasa

Vikipediyada manbalar hamda izohlar snoska shaklida keltiriladi. Snoskalar nuqta, vergul, ikki nuqta va nuqta verguldan oldin yoki keyin qoʻyilishi koʻplab munozaraga sabab boʻlib keladi. Ruscha Vikipediyada hamda aksar oʻzbekcha manbalarda snoskalar nuqta va verguldan oldin qoʻyiladi[1]. Ammo inglizcha Vikipediyada hamda baʼzi oʻzbekcha manbalarda, jumladan, 2013-yil „Akademnashr“ nashriyotida chop etilgan imlo lugʻatida buning teskarisiga amal qilingan[2].

Oʻzbekcha Vikipediyada manbalar hamda izohlar nuqta, vergul, ikki nuqta va nuqtali verguldan oldin qoʻyiladi, keyin emas. Agar gap soʻroq, undov yoki koʻp nuqta bilan yakunlansa yoki gap yakunida qavs yopilsa, manba/izoh bu belgilardan keyin qoʻyiladi; shuningdek, manbalar/izohlar qoʻshtirnoqlardan keyin qoʻyiladi:
  • Jumla[1].
  • Jumla[1],
  • Jumla[1]:
  • Jumla[1];
  • Jumla?[1]
  • Jumla![1]
  • Jumla…[1]
  • (Jumla)[1]
  1. „«Gidromelioratsiya» va «Melioratsiya va sugorma dehqonchilik» mutaxassisliklarimagistrlari uchun magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash bo‘yicha metodik ko‘rsatma“. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (2012). Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
  2. Begmatov, E.; Madvaliyev, A.. Oʻzbek tilining imlo lugʻati. Toshkent: Akademnashr, 2013. ISBN 978-9943-389-19-9. 
  翻译: